Davlatimiz rahbari oʻz maktubida Ruhoniy Hazratlari Oʻzbekiston va Vatikan oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, dinlar va konfessiyalararo doʻstlikni mustahkamlash, butun jahonda muhtoj insonlarni qoʻllab-quvvatlash, ezgu gʻoyalarni keng targʻib etish ishiga munosib hissa qoʻshganini taʼkidladi.
Prezidentimiz Vatikan xalqiga, yer yuzidagi butun katolik ahliga chuqur taʼziya va hamdardlik tuygʻularini izhor etdi.