FIDE jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionat beshinchi turida Oʻzbekiston jamoasi Polsha bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi va pley-offga yoʻl oldi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovdan iborat kvartet bilan “B” guruhida saralash raundlarini oʻtkazishdi.
21-noyabr kuni musobaqada 3 va 4-tur bahslari oʻtkazildi.
1-tur: Oʻzbekiston 1.5 — 2.5 Ozarbayjon.
2-tur: Oʻzbekiston 2.5 — 1.5 Isroil.
3-tur: Oʻzbekiston 2.5 — 1.5 AQSH.
4-tur: Oʻzbekiston 3.5 — 0.5 Hindiston.
5-tur yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi 12 ochko jamgʻarib, “B” guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Navbatdagi pley-off bosqich Oʻzbekiston Ukraina jamoasiga qarshi bahs olib boradi.