Musobaqa Prezidentimizning 2022-yil 19-yanvardagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori, unda koʻzda tutilgan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” loyihasi doirasida Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi, uning tuman boʻlinmasi, Guliston tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Yoshlar ishlari agentliklarining tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda tumandagi mahallalarda istiqomat qilayotgan 96 nafar faol nuroniylar va yoshlar ishtirok etib oʻzaro kuch sinashdi. Bundan tashqari shu joyning oʻzida Ikki avlod uchrashuvi tashkil etilib, keksa avlod vakillari oʻrta va yosh avlod vakillari bilan fikr almashib, oʻzlaring bosib oʻtgan hayot yoʻllari, erishgan muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
— Oʻtkazilgan musobaqa qizgʻin va murosasiz bellashuvlar ostida boʻlib oʻtdi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boʻlimi bosh mutaxassisi Anvar Narzullayev.— Unda uch avlod vakillari gʻoliblik shohsupasi tomon shaxmat toshi donalarini soʻrishgan boʻlsa, Uch avlod uchrashuvi esda qolarli voqiylarga mazmunan boy boʻldi. Bu esa, yosh avlod vakillarini vatanparvarlik ruhida tarbiya topishda va kamolotga yetishida tarbiyaviy ahamiyati katta boʻldi.
Musobaqa soʻngida, gʻoliblar aniqlandi. Nuroniylar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Doʻstlik” mahallasida istiqomat qilayotgan Andrey Gordeyevga 1-oʻrin nasib etgan boʻlsa, 2-oʻrin “Sohilobod”lik Baxrilla Ahmadovga, 3- oʻrin“Boyovut” mahallasida istiqomat qilayotgan Rustam Xidirnazarovga nasib qildi.
Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada “Ibrat”lik Sarvinoz Orzuqulova 1- oʻringa, Furqat mahallasidan kelgan Nodira Hidirovaga 2- oʻringa, Ahmad Yassaviy mahallasi fuqarosi Charos Anvarova 3-oʻringa munosib deb topildi.
Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada“ Terakzor”lik Azizjon Xotamov1-oʻringa, Ahmad Yassaviylik Jahongir Abdullayev 2-oʻringa, “Birlashgan” lik Muhammad Rustamov 3- oʻringa sazovor boʻldi.
Gʻoliblar va yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan faol ishtirokchilarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi tomonidan taʼsis etilgan faxriy yorliq va qimmat baho esdalik sovgʻalari taqdim etildi.