Prezidentimiz rahbarligida taʼlimni milliy taraqqiyotning yuragiga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar xalqimizni ruhlantirmoqda, yuraklarga ishonch bagʻishlamoqda. Bu kelajak avlodni yetuk, mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan buyuk maqsaddir.
Ijro intizomi va shaxsiy masʼuliyat — islohotlarning yuragi
Bugun oliy taʼlim faqat auditoriya bilan cheklanib qolmayapti. U milliy taraqqi yot, maʼnaviy yuksalish va innovatsion salohiyatni yuzaga chiqarayotgan kuchli omil ga aylanmoqda. Bu jarayonda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbus lar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, davlatimiz rahbarining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjat lari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro 528 tasi Prezident yigʻilishlari bayonidagi topshiriqlardir. Ushbu topshiriqlarning barchasi vazirlik tomonidan oʻz muddatida bajarilgan. etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi far moni, shuningdek, 2021-yil 31-maydagi “Ijro. gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsa tishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvo fiq, har bir rahbar va davlat xizmatchisidan yuksak shaxsiy masʼuliyat va intizom talab etiladi. Islohotlarning muvaffaqiyati ay nan shu omillarga bogʻliq: shaxsiy masʼuliyat va oʻz vazifasiga sadoqat bilan yondashish bu gunning talabidir.
Vazirlikka “Ijro.gov.uz” tizimi orqa li 2024-yilda bajarilishi lozim boʻlgan 3382 ta topshiriq kelib tushgan. Shundan 1 tasi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni dagi, 532 tasi Prezident farmonlarida gi, 2301 tasi Prezident qarorlaridagi, 20 tasi Prezident farmoyishlaridagi hamda 528 tasi Prezident yigʻilishlari bayonidagi topshiriqlardir. Ushbu topshiriqlarning barchasi vazirlik tomonidan oʻz muddatida bajarilgan.
Shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali vazirlikka 2025-yil yanvarmay oylarida 1226 ta topshiriq kelib tushgan. Shundan:
— 1 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidagi topshiriqlar;
— 220 tasi Prezident farmonlaridagi topshiriqlar;
— 822 tasi Prezident qarorlaridagi top shiriqlar;
— 13 tasi Prezident farmoyishlaridagi topshiriqlar;
— 170 tasi Prezident yigʻilishlari bayo nidagi topshiriqlar boʻlib, barchasi oʻz mud datida bajarildi.
Ushbu davrda ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida, samarali va toʻliq hajmda bajarili shini taʼminlash, shuningdek, ijro intizomi ni yanada mustahkamlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida oliy taʼlim tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul 276 boʻlinma rahbari uchun 26 soatlik qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.
Bugun vazirlik va tizim tashkilotlarida har bir rahbar va xodimning ish samaradorli gini oshirish, faoliyatini aniq mezonlar aso sida baholash hamda ragʻbatlantirishga alohi da eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, vazirlikda Prezidentimizning 2021-yil 31-maydagi tegishli qarorida belgi langan tartib asosida har bir rahbar va xodim ning ijro intizomiga rioya qilish boʻyicha KPI samaradorlik koʻrsatkichlari baholanib, qoʻshim cha ragʻbatlantirish mexanizmi joriy etilgan.
KPI samaradorlik koʻrsatkichlari asosi da samarali boshqaruv toʻgʻri yoʻlga qoʻ yilgani hamda shaffof va adolatli tizim joriy eti lishi rahbar xodimlarning ish vaqtini toʻgʻri taqsimlashi, lavozim faoliyatida oʻsishi, shu ningdek, yetuk mutaxassis boʻlishiga xizmat qilmoqda.
Shaxsiy masʼuliyat madaniyati — oliy taʼlim tashkilotlari asosi
Ayni paytda davlat boshqaruvi va oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatida samarador likni oshirish maqsadida elektron nazorat tizimi joriy etilgan. U orqali qabul qilin gan qarorlar, topshiriqlar va hujjatlarning ijrosi qatʼiy tartibda nazorat qilinadi. Har bir vazifa belgilangan muddat va masʼul shaxslar kesimida kuzatiladi, baholanadi va natijalar asosida chora koʻriladi.
Bu tizim, avvalo, rahbarlarning oʻz ishiga shaxsan javobgar ekanini eslatib turadi. Na tijada ish samaradorligi ortadi, tizimda oʻz vaqtida va aniq harakat qilish tamoyili qaror topadi. Eng muhimi, bu orqali oliy taʼlim tashkilotlari nafaqat bilim beruvchi, balki intizom va masʼuliyat muhitini shakllan tiruvchi maskanga aylanmoqda.
Shaxsiy masʼuliyat nafaqat vazifani ba jarish, balki uning ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglash va fidoyilik demakdir. Bu har bir ishga vijdonan yondashish, uning natijasi jamiyatga qanday taʼsir koʻrsatishini his qi lish, xalq oldidagi burchni sidqidildan ado etish madaniyatidir. Masʼuliyatli inson oʻz vazifasini shunchaki majburiyat deb emas, bal ki xalq xizmatchisi sifatida ulkan ishonch va imkoniyat deb qabul qiladi.
Tizimda faoliyat yuritayotgan har bir pro fessoroʻqituvchi, xodim, rahbar oʻz ishini vij donan, sidqidildan bajarsa, ana shundagina haqiqiy yangilanish, chin taraqqiyot yuz beradi. Zero, taraqqiyot kaliti bilimli, masʼuliyat li, intizomli mutaxassislar qoʻlida. Har bir sohada yurakdan mehnat qilgan insonlar bor ekan, yurt rivoj lanadi, el yuksaladi!
Oliy taʼlim tashkilotlarida shaxsiy javobgarlik madaniyatini mustahkamlash faqat ichki tartib emas, balki katta natijalar sari boshlovchi kuchli poydevordir. Ijro intizomi esa bu poydevorning asosiy ustuni. Qabul qilingan har bir farmon va qaror amalda oʻz vaqtida, shaffof hamda samarali ijro etilsa, ana shunda eng ilgʻor gʻoyalar hayotga tatbiq etiladi.
Aks holda hatto eng ezgu islohotlar ham qogʻozda qolib ketishi mumkin. Chunki sid qidildan bajarilgan, rejali va tizimli tash kil etilgan ishlargina samara beradi. Ishga talabchanlik bilan yondashish, tahlil va nazo ratni takomillashtirish, ochiqlik va shaffof likni taʼminlash orqali ijro intizomini yangi darajaga koʻtarishimiz mumkin.
Inson kapitali — islohotlar samarasining asosiy omili
Islohotlar chinakam samara berishi va barqaror boʻlishi uchun, eng avvalo, inson kapi taliga jiddiy eʼtibor qaratish zarur. Faqat moddiytexnik baza yoki oʻquv dasturlarini yan gilash emas, balki ularni amalga oshiradigan inson resurslarini rivoj lantirish, maʼ naviy-axloqiy salohiyatni oshirish ham muhim. Zero, har qanday tizimni harakatga keltiradigan asosiy omillardan biri inson kapitalidir.
Shu bois, biz nafaqat zamonaviy infratu zilma yaratish, balki ushbu tizimda faoliyat yuritadigan insonlar — ustozlar, rahbarlar, mutaxassislarni maʼnaviy, axloqiy va kasbiy jihatdan rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilaganmiz.
Bugun oliy taʼlim qamrovi 42 foizga yetga ni, 2016-yilda esa bu koʻrsatkich atigi 9 foizni tashkil etgani statistik koʻrsatkichdan koʻra, mam lakatimiz taʼlim sohasidagi mazmunan mutlaqo yangi islohotlarning samarasini aniq namoyon qiladi. Bu jamiyatimizning zamon talablariga mos, yangi avlodni shakllantirishga qaratilgan saʼy harakatlari natijasidir.
Oliy taʼlim tashkilotlarida sifat, sama radorlik va mustaqillikni taʼminlash maq sadida joriy etilgan tub islohotlar doira sida 40 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi. Bu yangicha yondashuv, avvalo, oliygohlarning moliyaviy barqarorli gini taʼminlash, moddiytexnik bazasini mus tahkamlash, taʼlim sifatini oshirish hamda bozor talablariga mos kadrlar tayyorlashda muhim zamin yaratmoqda.
Mustaqillikning amaliy ifodasi sifati da kelgusida har bir oliy taʼlim tashkiloti oʻquv rejalari va dasturlarini mus taqil ishlab chiqib, tasdiqlash huquqiga ega boʻldi. Bu orqali taʼlim mazmunini jahon standart lari va mahalliy ehtiyojlarga mos ravishda shakllantirish imkoniyati paydo boʻldi. Shu bilan birga, kontrakt asosida qabul parametr larini belgilashda ham oliygohlar mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega boʻldi.
Ushbu oʻzgarishlar oliy taʼlim tashkilotla rining masʼuliyatini oshirish va raqobatbar dosh, innovatsion fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam boʻlmoqda. Mustaqil va erkin rivojlanayotgan oliygohlar kelajak taraqqiyotining tayanchi va mamlakat ilmiypeda gogik salohiyatining asosiy drayveridir.
Shuningdek, oliy taʼlim tizimida yan gilanish va soddalashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Ilgari mavjud boʻlgan har bir taʼlim sohasi boʻyicha davlat taʼlim standarti oʻrniga endi ikki asosiy hujjat: “Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoi dalar” va “oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” ishlab chiqilib, taʼlim jarayoniga joriy etildi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari 40 foiz maqbullashtirilib, 306 ta yoʻnalish 183 taga tushirildi. Shu bilan birga, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻ yish tartibi yengillashtirildi, litsenziyalash jarayoni raqamlashtirildi va soddalashtiril di. Bugun bunday muassasalarda 170 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda, 15 mingga yaqin ish oʻrni ochilgan.
Xalqaro hamkorlik va ilmiy salohiyat yuksalishi
Ayniqsa, oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro maydondagi nufuzi va ilmiy salohiya tini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida eʼtirofga loyiq. Soʻnggi olti yilda 10 mingdan ziyod professoroʻqi tuvchi xalqaro grantlar va hamkorlik dastur lari doirasida nufuzli xorijiy oliygohlar hamda ilmiytadqiqot markazlarida malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniga ega boʻldi. Bu nafaqat shaxsiy oʻsish, balki butun taʼlim tizimi uchun ilmiy, uslubiy va texno logik yuksalish demakdir.
Shu bilan birga, taʼlim jarayonini jahon standartlariga mos ravishda tashkil etish maq sadida 8000 dan ortiq xorijlik mutaxassis Oʻzbekiston oliygohlariga jalb etildi. Ular berayotgan bilim, tajriba va ilgʻor usullar milliy kadrlar tayyorlashda yangi standart lar va talablarni shakllantirmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyalar joriy eti lib, oʻqitish va amaliyot jarayoni oʻzaro uzviy bogʻlangan holda tashkil etilmoqda. Zamona viy laboratoriyalar olib kelindi, taʼlim muhitida jonlanish, yangilanish, innovatsiya va zamonaviy yechimlar davri boshlandi.
Bu islohotlar inson salohiyatining muhim kapitali ekanini teran anglashga asoslanadi. Mamlakatimizda taʼlim va ilmfanga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilishi na faqat tabiiy boyliklar yoki infratuzilma, balki inson resurslariga ham katta ahamiyat berilganini koʻrsatadi.
Oliy va kasbiy taʼlim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish bugunning dolzarb talabi. Bunga erishish uchun biz na faqat nazariy bilimlar, balki amaliy koʻ nikmalarga ega, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini biluvchi, ochiq fikrlay digan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, aqlan, jismonan va ruhan sogʻlom avlodni tarbiyalashimiz ke rak.
Soʻnggi yillarda kasbiy taʼlim tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalqaro standartlarga muvofiq yangi taʼlim dasturlari joriy etildi, dual taʼlim tizimi kengaytirildi, qisqa muddatli kasbiy kurslar orqali min glab yoshlar zamonaviy kasblarga oʻqitilmoqda. Germaniya tajribasiga asoslangan oʻquv usul lari, tadbirkorlik va chet tillarni oʻrgatish kurslari ishga tushirildi.
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish, yangi avlod oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va taʼlim jarayonini raqamlashtirish orqali kasbiy taʼlim tizimi butunlay yangilandi. Eng muhimi, taʼlimni mehnat bozori talabla ri bilan uygʻunlashtirish orqali yoshlarga ke lajakda munosib oʻrin topishi uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Yoʻnalishimiz aniq-ravshan: bilimli, salohiyatli, shijoatli avlodni tarbiyalab, mamlakatimiz kelajagiga puxta zamin yaratish. Bu nafaqat islohotlar bilan, balki har bir ustoz, har bir otaona, har bir yoshning fi doyiligi, ishonchi va saʼyharakatlari bilan amalga oshadi.
Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyati
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari xalqaro akademik maydonda oʻz oʻrnini mustahkamlab, nufuzli reytinglarda tobora yuqori pogʻonalarga koʻtarilmoqda. Bu esa mamlakatimizda oliy taʼlim sohasidagi islohotlar samarasi, oʻqitish sifati, xalqaro hamkorlik va ilmiy salohiyat yuksalayotgani dan dalolat beradi.
Xususan, QS World University Rankings kabi dunyo miqyosida eʼtirof etilgan reyting tizim larida 2024-yilgacha birorta Oʻzbekiston oliy gohi qayd etilmagan boʻlsa, bugun 20 ga yaqin oliy taʼlim tashkiloti QS, Times Higher Education va GreenMetric kabi xalqaro rey tinglarda munosib oʻrin egallab turibdi.
Masalan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kabi yirik oliygohlar tarixda birinchi marta TOP1000 talikka kiritildi.
Bu yutuqlar taʼlim sifatining xalqaro mezonlar asosida baholanayotgani, ilmiy tadqiqotlar va professoroʻqituvchilar fao liyati samaradorligi oshirilayotgani, qatʼiy ijro intizomi mavjudligi sababli yoshlar ning akademik harakatchanligi taʼminlana yotgani hamda chet ellik talabalar uchun ham Oʻzbekiston oliygohlari jozibador boʻlib bo rayotganini tasdiqlaydi.
Kelgusidagi maqsad — Oʻzbekiston oliy gohlarining kamida 10 tasini jahonning eng nufuzli 500 ta universiteti qatoriga kiri tishdir. Bu maqsad sari qoʻyilayotgan ishonch li qadamlar yurtimizning taʼlim sohasidagi xalqaro imijini yanada mustahkamlaydi.
Muhimi, islohotlar qogʻozda qolmasligi kerak! Bizning yoʻlimizdagi haqiqiy qiyin chiliklar — qarorlarni amalga oshirishdagi ishlash tartibi, samarali nazorat va albatta, ijro intizomiga sidqidildan va vijdonan rioya qilishdir. Bu esa nafaqat idoralararo yoki tarmoqlarda, balki har bir shaxsning oʻzi ni ishga yangi dunyoqarash va yuqori masʼuliyat bilan yondashishini talab etadi.
Shohrux DALIYEV,
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari