Shayxontohur tumanidagi umumtaʻlim maktablar AKTni rivojlantirish drayveriga aylantiriladi

    Raqamlashtirish 19 Yanvar 2021 2109

    Xalq taʻlimi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Shayxontohur tumani maktablari misolida respublikaning barcha umumtaʻlim maktablarida AKTni rivojlantirish strategiyasini tajribadan oʻtkazish ishlari bilan tanishdi.

    Ishchi guruh tumandagi 20-maktabning pedagog xodimlari va maktab maʻmuriyati bilan birgalikda quyidagi masalalarni muhokama qildi:

    Maktablarda AKT infratuzilmasini yaxshilash borasida:

    • Maktabga yuqori tezlikdagi Internet infratuzilmasini olib kelish
    • Maktabning ichki lokal tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish (informatika xonasiga hamda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari xonasiga lokal tarmoq tizimini joriy qilish, oʻqituvchilar xonasiga wi-fi qurilmalarini oʻrnatish)
    • Informatika sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʻminlash
    ✅Informatika fani darsliklarini zamon talablariga mos tarzda yangilash;
    ✅Maktablarda xalq taʻlimi tizimini boshqarish (ERP) va boshqa elektron tizimlarini joriy etish;
    Kitob.uz, edumarket.uz, maktab.uz, edukids va oʻquvchilarni interaktiv taʻlim platformalari bilan tanishtirish;
    ✅Informatika fani oʻqituvchilarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish;
    ✅Maktablarda yangi “Education” internet tarif rejasini sinovdan oʻtkazish.

    Oʻrganish davomida vazir oʻrinbosari maktabda Internet tarmogʻining sifati, undan foydalanishda xavfsizlikni taʻminlash, yangi kompyuter sinf xonalaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻz tavsiya va koʻrsatmalarini berdi.