Sh.B. Umurzakovni Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 15-bandi va 124-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qaroriga muvofiq Shavkat Buranovich Umurzakov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlansin.



    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV



    Toshkent shahri,

    2024-yil 6-noyabr