Tadbirda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Prezidentimizning kechagi farmoni bilan bir guruh hamkasblarimiz Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ushbu mukofotlarni oʻz sohiblariga topshirdi.
Shuningdek, tadbirda “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi, gʻolib ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar mukofotlandi. Bosh mukofotga “Gulxan“ jurnali tahririyati sazovor boʻldi.
Yuksak mukofotlar va kasb bayramingiz muborak boʻlsin, aziz hamkasblar, — deb yozadi Prezident matbuot kotibi oʻzining Telegram kanalida.











