Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Xususan, qoʻshma tadbirlar va oliy darajadagi tashriflarni yoritish jarayonida Oʻzbekiston va BMT axborot xizmatlari oʻrtasida yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani, oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanaga aylangani taʼkidlangan.
Shuningdek, uchrashuvda jurnalistlar oʻrtasida tajriba almashish, ularning malakasini oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalar istiqbollari muhokama qilingan. Bu borada BMTning turli tuzilma va institutlari imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi qayd etilgan.
Sherzod Asadov Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari BMT tashabbuslarini keng yoritishda faol ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.








