AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi) da boʻlib oʻtadigan “MWC Barcelona-2022” Jahon Mobil Kongressida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Huawei kompaniyasining Yevroosiyodagi mintaqaviy prezidenti Daniyel Chjou bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha “Oq kitob” (Whitepaper) ishlab chiqilishida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda amaliy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini koʻrib chiqilishi qayd etildi.

Shuningdek, sunʼiy intellektni joriy etish hamda aholiga raqamli xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish va takomillashtirish uchun mavjud AKT infratuzilmasidan foydalanish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Alohida eʼtibor mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarini amalga oshirishda Huawei kompaniyasining bevosita ishtirokini taʼminlashga qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikawiyalarini rivojlantirish vazirligi va Huawei kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi. Tomonlar taʼkidlaganidek, mazkur memorandumda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan aniq choralar aks ettirilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.