AKT vaziri bu yerda tahsil olayotgan 350 nafar imkoniyati cheklangan oʻquvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari fanlarini oʻqitilish jarayoni va moddiy texnik taʼminoti bilan tanishdi.
Mazkur kasb-hunar maktabining “Raqamli texnologiyalar” kafedrasida tahsil oluvchi iqtidorli oʻquvchilar bilan suhbatlashib, axborot texnologiyalari sohasida bajarayotgan amaliy dasturiy ishlari boʻyicha fikr almashdi.
AKT vaziri Bitiruvchi yoshlarni kelajakdagi sohalari boʻyicha avvalo jamiyatimiz uchun kerakli mutaxassis boʻlishlari hamda moddiy jihatdan oʻzlarini taʼminlay olishlari kerakligi haqida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, bilim salohiyatlarini yanada oshirish va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida oʻquvchilarga Fargʻona viloyat IT-markazlarida bepul taʼlim olishlari uchun sertifikat hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.