"Google, Apple, Uber, CISCO, Amazon, EY kabi qator xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan, tadbirkor va Silikon Vodiysida oʻqishda boʻlgan vatandoshlarimiz bilan oʻzbek milliy taomlari restoranida uchrashdik.
Ularni imkoni boricha Oʻzbekistonlik yoshlarni autsorsing loyihalarga jalb qilishga taklif etdik. Xorazmda boʻlganimda yosh dasturchilar aytib berishgandi, bizni AQSHdagi hamyurtimiz 70 dollar soatiga buyurtma olib, bizga soatiga 7 dollar narhda beradi deb. Yomonlash maʼnosida emas, balki bu misol aynan xorijdagi hamyurtlarimizga ham qoʻshimcha daromad topishga imkoniyat ekanligiga yaqqol misol.
Viloyatlardagi universitet talabalariga 7 dollardan soatiga daromad boʻlsa, oyiga ming dollar atrofida daromad degani, yaʼni ular jon deb ishlashadi, ham qoʻshimcha portfolio va tajriba boʻladi.
Qisqa vaqt ichida shuncha yoshlarimiz vaqt topib uchrashuvga kelishganlariga hamda ushbu uchrashuv tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiramiz."