Uchrashuvda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi masʼul xodimlari ham qatnashdi.
TikTok bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari Oʻzbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda platformadan foydalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan Oʻzbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirgan.
AKT vazirligi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha taklif berdi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deyiladi xabarda.