Tadbir O'zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan ShHT kotibiyati ko'magida, Taraqqiyot strategiyasi markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
Unda diplomatik vakolatxonalar, ShHT kotibiyati, vazirlik va idoralar, ekspert-tahlil ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-akademik doiralar hamda Xitoy OAV vakillari ishtirok etadi.
Elchixona tashabbusi bilan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi xitoy tiliga tarjima qilingani holda alohida risola shaklida chop etildi.