Tadbirda ishtirok etayotgan ShHT Yoshlar kengashining aʼzo davlatlardagi masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar, ShHT va Yoshlar kengashi Kotibiyati vakillari Tashkilotga aʼzo davlatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida yoshlarning tutgan oʻrnini oshirish masalalarini muhokama qiladi.

Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston tomoni tashabbusi bilan oʻtkazilgan ShHT yoshlari oʻrtasida eng yaxshi startap loyihalar tanlovi gʻoliblarini tantanali mukofotlash marosimi ham boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.