Koʻrgazmadan SHHT mamlakatlari tabiati, urf-odatlari, anʼanaviy liboslari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlariga bagʻishlangan fotomateriallar va qoʻllanmalar oʻrin olgan.
Taʼkidlash joizki, Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bu koʻp millatli va sivilizatsiyalararo muloqotning ajoyib uygʻunligidir. Ularning har biri bir-biridan ajoyib madaniy va meʼmoriy yodgorliklar hamda betakror tabiatga ega. Shunisi diqqatga sazovorki, “SHHTning 8 moʻjizasi” roʻyxatidan Buxoro koʻrki boʻlgan, Poi Kalon meʼmoriy ansambli ham oʻrin olgan.
Poi Kalon meʼmoriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni oʻz ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi.