Film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Qizigʻi, u turmushga chiqish va oʻqishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov oʻzini oqlaydi.
Prodyuser va ssenariy muallifi Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammad Ibrohimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov. Bosh rolda Aysanem Yusupova, shuningdek, filmda Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro qilmoqda.
Hozirda tasvirga olish jarayonlari Toshkent shahri va viloyatida davom etmoqda. Bundan tashqari, suratga olish ishlari Turkiyaning Istanbul shahrida ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.