59 yoshli erkakka 2021-yilda novatorlarcha hujayra transplantatsiyasi oʻtkazildi va u 2022-yildan beri dori-darmonsiz hayot kechirmoqda.

Erkak 25-yil davomida diabet bilan kasallangan va unda oʻlimga olib keladigan asoratlar xavfi yuqori edi. U diabetik komaga tushib qolmasligi uchun har kuni bir necha marta insulin inyeksiyasi talab qilinardi.

Unga yordam berish uchun olimlar uning oshqozon osti bezi ildiz hujayralarini modifikatsiya qilib, transplantatsiya qilishdi. Operatsiyadan keyin erkakning organizmi insulinni oʻzi ishlab chiqara boshladi.