SHifokorlarning farmatsevtika tashkilotlari bilan “hamkorligiga” chek qo'yiladi

    Salomatlik 16 Iyun 2020 2509

    O'zbekiston Respublikasininng “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”gi Qonuniga qo'shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi. Taklif etilayotgan qo'shimchalar tibbiyot tashkilotlari va dorixonalar rahbarlari va xodimlarining huquqbuzarliklar sodir etishi hamda vakolatlarini suiiste'mol qilishga undovchi usullardan foydalanishi oldini olishga qaratilgan. 

    Bu haqda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Unga ko'ra, tibbiy muassasalar rahbarlari va tibbiyot xodimlariga quyidagilar ta'qiqlanadi:

    -dori vositalarining savdo nomidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan, dori vositalarini ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, dorixonalar, ularning filiallaridan hamda ularning nomidan faoliyat yurituvchi vakillar yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan moliyaviy mukofotlar, moddiy va nomoddiy ko'rinishdagi har qanday rag'batlar olish;

    - farmatsevtika tashkilotlari, dorixonalar va ularning vakillari bilan dori vositalarini tayinlash yoki bemorlarga tavsiyalar berish bo'yicha shartnomalar tuzish;

    - O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanmagan retsept blankalarida retsept yozish va berish.

    Kiritilayotgan o'zgartirishlar bilan batafsil