Shimoliy dengizda ikkita yuk kemasi to'qnashib ketdi: biri cho'kib ketdi, bedarak yo'qolganlar bor

    Germaniya qirg'oqlari yaqinida – Shimoliy dengizda ikkita yuk kemasining to'qnashib ketishi oqibatida ulardan biri cho'kib ketdi, bir necha kishi bedarak yo'qoldi.

    Gelgoland arxipelagidan 12 milya (22 kilometr) janubi-g'arbda Bagam orollarining Polesie va Buyuk Britaniyaning Verity yuk kemalari to'qnashib ketdi. Oqibatda Verity cho'kib ketdi.

    Bir kishi suvdan qutqarib olindi, bir necha kishi bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda. Halok bo'lganlarni qidirish davom etmoqda. Buning uchun ko'plab kemalardan foydalanilmoqda.

    Polesie hozirda suvda turibdi. Uning bortida 22 kishi bor.

    Qidiruvda Germaniya kema halokatini qutqarish jamiyatining Hermann Marwede va Bernhard Gruben qutqaruv kemalari, Nordic qutqaruv kemasi, Wangerooge kemasi, Sylt suv politsiyasi qayig'i va Germaniya dengiz flotining Sea King VMS vertolyoti ishtirok etmoqda.

    Hodisa joyiga boshqa kemalar, jumladan, suv politsiyasi qayig'i va qutqaruv kreyseri yo'l olmoqda, deb xabar beradi centralasia.media.