Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Rasmiy Pxenyanning qayd etishicha, raketaning Sariq dengiz yo'nalishida uchirilishi “qo'shni davlat xavfsizligiga salbiy ta'sir ko'rsatmagan”. Bunda Janubiy Koreya nazarda tutilgan bo'lsa kerak.
Janubiy koreyalik mutaxassislar Shimoliy Koreya tomoni e'lon qilgan fotosuratlarni tahlil qilib, Hwasal-2 past balandlikda uchayotganini payqashdi.
Qora rangli raketada avval uchirilgan Hwasal-1 raketasidagi kabi oq chiziqlar bor edi.
Shimoliy Koreya Hwasal-1 va Hwasal-2 qanotli raketalarini ilk bor 2021-yilning sentabri va 2022-yilning yanvarida sinovdan o'tkazgan edi. Bu vaqtga kelib, mos ravishda 1500 va 2000 kilometr masofani bosib o'ta oladigan yana bir nechta Hwasal-1 va Hwasal-2 uchirildi.
Qanotli raketaning uchirilishi BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga ballistik raketa texnologiyasidan foydalanishni taqiqlovchi bir qancha rezolyutsiyalarini buzmaydi. Biroq, bu xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi mumkin, chunki bunday raketalar yadro kallaklari bilan jihozlanishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.