Chorshanba kuni Janubiy Koreya harbiylari KXDR Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirgani haqida xabar berdi.

Agentlik hisobotida ta'kidlanganidek, hali ham ishlab chiqilayotgan “Pulxvasal-3-31” yangi turdagi strategik qanotli raketasi 24-yanvar kuni birinchi bor sinovdan o'tkazildi.

“Ushbu sinov atrofdagi mamlakatlar xavfsizligiga hech qanday ta'sir ko'rsatmadi va mintaqadagi vaziyatga hech qanday aloqasi yo'q”, deyiladi bayonotda.

O'tgan hafta Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiya o'rtasidagi qo'shma harbiy mashg'ulotlarga norozilik sifatida Shimoliy Koreya suv osti yadroviy qurol tizimini sinovdan o'tkazgandi, deb xabar beradi ria.ru.