SHofirkon tumanidagi 11- hamda 44-umumta'lim maktabining bitiruvchi sinf o'quvchilari orasida darsdan so'ng kashtachilik sirlarini o'rganib, bu yo'nalishda yaxshigina mahoratga ega bo'lib borayotgan qizlar safi 40 nafarga etdi. 

Ayni paytda bu qizlar bo'sh vaqtlarida SHofirkonda mohir kashtado'z sifatida tanilgan, faxriy o'qituvchi Gulandom opa Xalilovadan hunar o'rganish bilan bir qatorda oilaviy byudjetlariga ham daromad olib kirishmoqda. 

eng quvonarlisi, ular qo'lida sayqal topib, san'at darajasiga etayotgan milliy hunarmandchiligimiz namunalari bugun yurtdoshlarimiz qatori xorijlik sayyohlarning ham e'tiborini qozonmoqda. Italiya, Frantsiya, Koreya va YAponiya davlatlaridan ularni atay izlab keladigan o'z xaridorlari bor. 

Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati