Bu xabar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga kecha, 9-fevral kuni soat 22:30 da kelib tushdi.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga Olmaliq yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilindi. Qutqaruvchilar Ohangaron tumani Poʻst patrul xizmati bilan hamkorlikdagi sayi harakatlari natijasida kanaldagi avtoulov xavfsiz joyga olib chiqilib, amaliy yordam koʻrsatildi.

Aniqlanishicha, “LASETTI” rusumli avtoulov xaydovchisi noqulay ob-havo va yoʻllardagi muzlamalar sababli boshqaruvni yoʻqotib, kanalga tushib ketganligi malum boʻlgan.
Voqea oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar yoʻq.