Shohmurod Holmurodov 3-yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi

    Sport 18 Oktabr 2024 148

    Oʻzbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodovdan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klomifen” moddasi borligi aniqlandi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, sportchi Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari spotrchi analizida mavjudligi)ni buzgani uchun Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3-yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

    "Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz, diskvalifikatsiya jazo muddatini oʻtayotgan shaxs (sportchi, murabbiy v.x.k) diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qoʻllanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qoʻllash mumkinligi belgilangan", deyiladi xabarda.