Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mazkur musobaqada startga chiqqan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Klevleyev oltin va kumush medallarga sazovor boʻldi.

Kanoechimiz dastlab “Sea Open” musobaqasida kumush, soʻngra “Thailand Open” turnirida oltin medal sohibiga aylandi.

Endi hamyurtlarimiz ushbu shaharda 12-martgacha tashkil etiladigan U-18 va U-23 yosh toifalaridagi qitʼa birinchiliklarida qatnashadi.