Shohruh Xonning yangi kinosi Oʻzbekistonda premyera qilinadi

    Madaniyat 10 Iyun 2023 1920

    Taniqli hind aktyori Shohruh Xonning yangi “Patxan” filmi Oʻzbekistonda ham premyera qilinadi.

    Film 13-iyul kuni Rossiya va MDH mintaqasi davlatlarida 3000 dan ortiq ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

    Yash Raj Filmsʻning Shohruh Xon, Dipika Padukone va Jon Abraham ishtirokidagi “Patxan” filmi navbatdagi rekordni yangiladi. Sidhart Anand rejissyorligi ostida suratga olingan blokbaster butun dunyo boʻylab eng koʻp daromad keltiruvchi filmlardan biri boʻldi

    Hozircha bu kino 1 mlrd. 50 mln. rupiy(12 736 611 AQSH dollari)dan ortiq daromad keltirdi.

    “Patxan” yaqinda Bangladeshda ekranlarga chiqarilgan ilk kunidayoq katta qiziqishlarga sabab boʻlgan va mamlakat boʻylab 41 ta kinoteatrda namoyish etilgan.