Glyuk 1943 yilda Avstriya-Vengriyadan ASHQga kelgan yahudiy migrantlar oilasida tug'ilgan. Massachusets shtatidagi Uil`yams kollejida, Yel`sk, Boston va Ayovsk universitetlarida ingliz tilidan dars bergan. SHoira o'z faoliyati davomida AQSHda bir necha bor yuqori mukofotlarga sazovor bo'ldi.  Amerika shoirlar akademiyasi mukofoti, Milliy tanqidchilar jamiyati kitob mukofoti, Pulitser mukofoti shular jumlasidandir.

Ushbu haftada Nobel qo'mitasi fiziologiya va tibbiyot, fizika va kimyo sohalarida g'oliblarning nomlarini e'lon qildi va Tinchlik mukofoti egasi juma kuni e'lon qilinadi. Nobel haftaligi 12 oktyabrda yakunlanadi, shunda kim iqtisodiy sohada mukofotga sazovor bo'lganligi ma'lum bo'ladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli taqdirlash marosimi onlayn tarzda o'tkaziladi. Bu shved tadbirkor va ixtirochisi Al`fred Nobel vafot etgan kuni, 10 dekabrda bo'lib o'tadi. Bu yil har bir Nobel mukofoti miqdori o'n million SHvetsiya kronasiga (million dollar atrofida) oshirildi.
Nobel mukofotlari ajoyib ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar, madaniyat yoki jamiyat rivojiga qo'shgan katta hissalari uchun beriladi.