Italiya nashrlariga tayanib, Tribuna.uz tarqatgan xabarda aytilishicha, “Roma” klubining oʻtgan haftada koronavirus yuqtirib olgani uchun oʻzini yakkalash tartibiga oʻtkazilgan 4 nafar oʻyinchisi safga qaygan.
Koronavirus yuqtirganlar safida boʻlgan klubning oʻzbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ham tuzalgan va ayni paytda yakshanba kuni “Spetsiya”ga qarshi oʻtadigan oʻyinga tayyorlanmoqda.
Jamoaning Genrix Mxitaryan, Karles Peres kabi futbolchilari ham takroriy testdan keyin safga qaytishi kutilyapti.
Eslatib oʻtamiz, rimliklar hozircha 41 ochko bilan turnir jadvalida 8-oʻrinda bormoqda.