Italiya chempionatining 25-turida hamyurtimiz toʻp surayotgan “Roma” safarda “Sassuolo” mehmoni boʻldi.

Oʻyinning birinchi boʻlimi teng kurashlar ostida oʻtgan boʻlsa-da, hisobni rimliklar ochdi. Abraham 45+1 daqiqada penaltidan gol kiritdi. Ikkinchi boʻlim boshida “Roma” himoyachisi Smolling oʻz darvozasini ishgʻol etib qoʻydi. 73-daqiqada Traore “Sassuolo”ni oldinga olib chiqdi. 90+4-daqiqada esa Kristante muvozanatni tenglashtirdi. Shunday qilib, E. Shomurodov jamosi zoʻrgʻa durangga erishdi.

Eldor uchrashuvning 70-daqiqasida zahiradan maydonga tushdi.