Qayd etilishicha, tizimda tabiiy gaz va gaz kondensati qazib chiqarish hajmini koʻpaytirish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shoʻrtan” konida 2022-yil geologo-texnik tadbirlar doirasida 3, 4 va 12-sonli gaz yigʻuv joylariga ulangan gaz quduqlaridan qazib olinadigan tabiiy gazni uzatishni barqarorligini taʼminlash maqsadida quvurlar quvvatini oshirish va gazni dastlabki tayyorlash qurilmasini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqilgan texnik yechimga asosan 4-sonli gaz yigʻuv joyidan 3-sonli gaz yigʻuv joyida qurilish ishlari boshlangan gazni dastlabki tayyorlash qurilmasigacha diametri 426 milliyetrli umumiy uzunligi 8,5 km. boʻlgan yangi gaz quvurining qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.
Shuningdek, ushbu loyihaga parallel ravishda yangi gazni dastlabki tayyorlash qurilmasini qurish ishlarini jadallashtirish uchun loyiha asosida zarur boʻlgan quvur, quvur armaturalari hamda texnologik apparatlar “Oʻzbekneftgaz” AJ ichki imkoniyatidan foydalangan holda ajratilib, qurilish maydoniga olib kelinib va maydonda yer ishlariga kirishildi.
Loyihani amalaga oshirish bilan “Shoʻrtan” koniga qarashli 3, 4 va 12-sonli yigʻuv joylaridagi mavjud gaz va shleyf quvurlarida gidravlik qarshiliklar bartaraf etilib, quvurlarning gaz oʻtkazish quvvati ortishi evaziga kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ortishiga erishiladi.