Bu tadbirlarni amalga oshirishda jahonning ilgʻor davlatlarida ishlab chiqarilgan eng soʻngi rusumli 5 turdagi davolash va tashxislash jihozlari qoʻl kelyapti.
— Soʻngi ikki yil mobaynida shoshilinch tibbiy yordam mablagʻidan, EOP, koagulyator, raqamli rentgen, laparoskop EFGDS, koʻp funksiyali operatsion stol, IVL, «Monitoring patsiyenta», «Dozator» kabi tibbiy apparaturalar va jihozlar keltirildi, — deydi hududiy boʻlim direktori Sanjar Xudoyberdiyev. — Bu esa, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, xizmat turlari, davolash uslublarini koʻpaytirish imkonini beryapti.
Birgina, hududiy filialga oʻtgan yili 44 ming 538 nafar fuqaro yordam soʻrab murojaat etgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida 6 ming 482 nafar fuqaro sogʻligidan shikoyat qildi. Ularning 16 ming 814 nafariga statsionar sharoitda yordam koʻrsatilgan boʻlsa, bemorlarning 5 ming 625 nafariga esa operativ usulda tibbiy yordam koʻrsatildi.
— Hududiy boʻlim xodimlari tomonidan, soʻngi bir yil mobaynida kaminvaziv turdagi jarrohlik amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, 750 nafarga yaqin fuqaroga yordam koʻrsatildi. Biz bu bilan cheklanib qolganimiz yoʻq, — deydi S. Xudoyberdiyev. — Oʻzimizda amalga oshirilayotgan, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini hududlarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish maqsadida, mahorat darsi tariqasida amaliyotlarni yoʻlga quydik. Oqoltin, Sardoba, Xovos va boshqa tuman, shaharlarda oʻtkazilgan amaliyotlar davomida 100 nafardan koʻproq fuqaroga yordam koʻrsatdik.
Sirdaryoda tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun shiori ostida bunday, xayrli tadbirlar olis va chekka hududlarda amalga oshirilib, aholiga yordam koʻrsatilyapti.
Gʻulom Primov,
Sirdaryo viloyat
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi
matbuot kotibi.