Shota Rustaveli koʻchasidan oʻtuvchi navbatdagi 3 ta avtobus yoʻnalishi harakati qayta tiklanmoqda

    Shu yilning 26-oktyabrdan boshlab 80-, 114- va 127-sonli avtobus yoʻnalishlari Shota Rustaveli koʻchasidagi markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) orqali harakatni boshlaydi.

    Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

    Vazirlik harakat ishtirokchilari uchun eslatma berdi.

    Yoʻlovchilar uchun:

    • Avtobuslar yoʻlning oʻrta qismidagi maxsus ajratilgan yoʻlak orqali harakatlanadi.
    • Platformaga faqat belgilangan piyodalar oʻtish joylari orqali chiqing.
    • Avtobus toʻliq toʻxtagachgina eshikka yaqinlashing.
    • Avval keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarga yoʻl bering.

    Haydovchilar uchun:

    • Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) faqat avtobuslar uchun moʻljallangan.
    • Bu yoʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi qatʼiyan taqiqlanadi.
    • Chapga burilish va ortga qayrilish har ikki yoʻnalishda ham taqiqlangan.