Bu nodir to'plam shotlandiyalik tadbirkor va san'at homiysi janob Uilyam Burrel tomonidan shaharga sovg'a qilingan.
Bu so'zanalar Glazgodagi noyob jamoat muzeyidagi Burrell kollektsiyasining bir qismidir. Kolleksiya janob Uilyamning jahon miqyosida to'plagan qadimiy san'at durdonalarini o'z ichiga olgan.
Burrellning so'zanalar kollleksiyasi Buyuk Britaniyadagi o'ziga xos uchta eng muhim to'plamdan biri hisoblanadi. Bu to'plam bilan faqat Londondagi Viktoriya va Albert muzeyi raqobatlasha oladi. Uchinchi to'plam Manchesterdagi Uitvort san'at galereyasida saqlanadi.
Bu ajoyib kashtalar Buxoro amirligi davridagi san'atning oltin asriga taalluqli, ular matolarni mashinada to'qish va bo'yalgan iplar ommalashishidan oldin tayyorlangan.