Shotokan karate boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar 20ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Chexiyaning Pardubitse shahrida 9-11-sentyabr kunlari shotokan karate-do boʻyicha XII Jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.
Unda jami 32 davlatdan 717 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi.
Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan 14 nafar sportchi musobaqada yuqori natijalarni qayd etdi va yakunda jami 20ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Shohsupaga koʻtarilgan sportchilar:
Irisqulov Asror – 1 ta kumush, 2 ta bronza,
Irisqulov Abbos – 1 ta oltin, 1 ta kumush,
Esanova Munisa – 3 ta oltin,
Irisqulov Ahror – 2 ta bronza,
Ibragimov Anvar – 1 ta oltin, 1 ta kumush,
Yakshimova Nasibabonu – 1 ta kumush, 2 ta bronza,
Ibragimov Adham – 1 ta oltin,
Xoʻjaqulov Muhammadabdulaziz – 4 ta oltin hamda mutlaq chempion sifatida kubok bilan ham taqdirlandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilar 15-sentyabr kuni Oʻzbekistonga qaytib kelishadi.