Mazkur jarayondan keyin uning ustida “shoxlar” paydo bo'ldi, kometa kichik yulduzdek porladi va kosmosga o'ta sovuq magmani tashladi.
12P/Pons-Brooks muz, chang va gaz aralashmasi bilan to'ldirilgan qattiq yadrodan va gaz bulutidan iborat. Ammo, boshqa kometalardan farqli ravishda 12P yadrosida shunchalik ko'p chang va gaz to'planadiki, vaqti-vaqti bilan chaqnashlar sodir bo'ladi. Bunday holda, kriomagma deb nomlanuvchi ichki jinslar qobiqdagi yoriqlar orqali tashqariga chiqib ketadi.
20-iyul kuni astronomlar kometa to'satdan odatdagidan 100 marta yorqinroq bo'lganini qayd etdi. Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, gaz va muz kristallari tufayli uning hajmi oshib, quyosh nurini ko'proq aks ettira boshladi.
26-iyul holatiga ko'ra, kometa diametri taxminan 230 000 kilometrga oshdi.
Bu 69 yil ichida kometada qayd etilgan birinchi vulqon otilishidir. 12P Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun 71 yil kerak bo'ladi. U yulduzning eng yaqin nuqtasiga 2024-yil 21-aprelda yetib boradi va o'sha yilning 2-iyunida Yerga maksimal masofada yaqinlashadi va uni tungi osmonda ko'rish imkoniyati yuzaga keladi, deb xabar beradi mir24.tv.