Xabarda aytilishicha, hukumat raisi o'rinbosari barcha hududlar bilan koronavirusga qarshi emlash masalasini muhokama qilgan. Hududlar rahbarlari emlashga tayyor ekanliklarini bildirgan.
“Sputnik V” vaktsinasi yaratilgan Sog'liqni saqlash vazirligining N. F. Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi rahbari Aleksandr Ginzburgning aytishicha, shu paytgacha 150 ming nafar rossiyalik koronavirusga qarshi emlangan.
So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyada “COVID-19” yuqtirgan bemorlar soni 2 569 126 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 2 033 669 nafari tuzaldi, 45 280 nafari vafot etdi va qolganlar davolanmoqda.