Turkmanistonga qoʻshni hududlar ustida yuqori siklon zonasida shakllangan bulutli massiv faqat respublikamizning shimoliy hududlariga taʼsir koʻrsatadi. Bugun kunduz kuni Qoraqalpogʻistonning va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin, havo harorati 4-9 daraja sovuq boʻladi.
Dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin Oʻzbekistonning qolgan hududlariga siljiydi. 12-dekabrda janubi-gʻarbiy hududlarda, 13-dekabrda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Shu kunlarda havo harorati deyarli oʻzgarmaydi, kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 darada iliq atrofida, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 12-17 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq boʻladi.
Bunday havo harorati dekabr oyi oʻrtalaridagi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 6-9 darajaga past boʻlishida davom etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.