— Karantin davrida ham tizimdagi barcha korxonalarda uzluksiz ishlashga shart-sharoit yaratildi. Natijada olti oylik rejalar bajarilib, qoʻshimcha 1 milliard metr kub tabiiy gaz, qariyb 22 ming tonna kondensat va 1,2 ming tonna neft qazib olishga erishildi. Biroq bu natija bilan qanoatlanmay, ishlab chiqarish surʼatini yana-da oshirish zimmamizdagi asosiy vazifadir. Yil oxirigacha yana 34,6 milliard metr kub gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yigʻilishda Prezidentimiz gaz zaxirasini yaratish borasida ishlar bilan qiziqdi.Bu yoʻnalishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, har yili ushbu yoʻnalishga 150 million dollar mablagʻ yoʻnaltirib, zaxira yaratish niyatidamiz.
Bundan tashqari, investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Tizimimizda beshta investitsiya loyihasini shu yil ishga tushirish rejalashtirilgan. Hozir ular asosida ishlar reja asosida ketyapti. Pandemiya boʻlishiga qaramay, tizimda 50 mingdan ortiq mutaxassis va ishchi ishlayotgan boʻlsa, hozirgi kunda ularning 40 mingga yaqini bevosita mehnat vaxtalarida faoliyat yuritmoqda.
Bu loyihalarni bajarish boʻyicha tarmoq rejalarni yana bir karra qaytadan koʻrib chiqib, ishlarni jadallashtirish choralari koʻriladi. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish loyihalarini noyabrgacha, qolgan ikkita loyihani yil oxirigacha yakunlash boʻyicha tegishli topshiriq berildi. Buning ijrosi yuzasidan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.