Ushbu loyiha sport orqali biz inkluzivlik masalalariga keng jamoatchilik e'tiborini jalb qila olishimizni namoyon qilmoqda.
Bu yilgi xayriya yarim marafoni juda muhim mavzulardan biri — autizm bilan kasal bo'lgan odamlar muammosiga qaratilgan. Tadbirda autizm kasaliga chalinganlar uchun inklyuziv muhit yaratish va ularning mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotiga qo'shilishi masalalari ko'rib chiqiladi. Yarim marafondan tushgan mablag' autizm bilan kasal bo'lgan bolalar uchun O'zbekistondagi maktab-internatlardan birida bolalar badiiy studiyasini yaratishga safarbar qilinadi.
Yugurish virtual formatda har bir ishtirokchiga ixtiyoriy masofani bosib o'tish imkoniyati bilan, shuningdek Shimoliy yurish uslubida o'tkaziladi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, bolalar yugurishida ishtirok etishlari mumkin. Bu galgi marafon xam madaniy tadbirlarga boy bo'lishi nazarda tutilgan.
Musobaqaning rasmiy veb-saytida nafaqat ishtirokchilar, balki aholi uchun ham musiqiy va ta'lim dasturlari mavjud bo'lib, ularda xalqaro ekspertlar autizm va autizm bilan kasal bo'lgan odamlarni jamiyatga to'g'ri integratsiyasi mavzusida ma'ruzalar va mahorat darslari o'tkazadilar.
Joriy yilgi voqealar tufayli yugurish Samarqand shahrida o'tkazilmaydi, ammo endilikda dunyoning istalgan nuqtasidan xayriya marafonimizda ishtirok etish va qo'llab-quvvatlash imkoni paydo bo'ldi.
Yarim marafonda ishtirok etish uchun quyidagi veb-saytida ro'yxatdan o'ting: https://samarkandhalfmarathon.uz