Shuhratbek Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

    Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Bahtiyorjon Rasulovning joriy yil 27-oktyabr sanasida boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

    Sessiya ishi davomida deputat Oʻktamjon Axunov xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi.

    Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Maslahatlashuvda Andijon viloyati hokimi lavozimiga Prezident tomonidan Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

    Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qaroriga muvofiq, Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.