Tadbirda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, nutq soʻzladi hamda bayram munosabati bilan soha xodimlarini muborakbod etishdi.
Tadbir davomida sohada fidokorona mehnat qilayotganlarni ragʻbatlantirish maqsadida, respublika boʻylab 60 nafarga yaqin soha vakillariga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tantanali taqdim etdi.
60 nafarga yaqin “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni olganlar orasida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ham bor.
Shuningdek, TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev tomonidan taqdirlanadigan oʻzbekistonlik bir guruh soha vakillari taqdirlandi, jumladan:
TURKSOY tashkilotining Oltin medali bilan:
- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari — Ahmedov Bahodir Madjitovich;
- Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich;
TURKSOY tashkilotining Faxriy medali bilan:
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich;
- Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi Sattorova Marhaboxon Gʻulomovna;
TURKSOY tashkilotining Faxriy nishoni bilan:
- Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor davlat raqs ansambli” davlat muassasasi badiiy rahbari Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna;
- Tumor raqs ansambli badiiy rahbari Joʻrabayev Charos Hosiljanovna;
- Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori Latipov Azizxon Gʻaybullayevich;
- Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy maqom sanʼati instituti oʻqituvchisi Shomurodova Mohichehra taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimidan soʻng yigʻilganlarga bayramona konsert dasturi namoyish etildi.