— Oxirgi yillarda sanoatni rivojlantirish uchun koʻp ishlarni amalga oshirdik. Ammo endi bu ishlar tarixda qoldi. Biz yanada oldinga yurishimiz kerak.

Uzoq yillar egilib paxta ekdik va paxta terdik, biroq birimiz ikki boʻlmadi. Boʻlmadi! Agar kimdir bu gapga rozi boʻlmasa, marhamat, kelsin, istagancha bahs qilishim mumkin.

Men Jizzax va Samarqandda hokim boʻlganman, ishim faqat paxta tayyorlash edi. Ammo shuncha paxta ekib, xalqqa bir soʻm daromad bera olmadik. Har yili shu vaqtda hammamiz paxta terayotgan boʻlardik.

Qariyalarni dalaga kiritib: “Nuroniylar paxta termoqda”, degan balandparvoz gaplar bilan televizorda koʻrsatardik.

Endi u kunlar ortida qoldi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.