Tadbirda “T.F.» MCHJ rahbari Sh.F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvetsiya davlatiga yuborish va ishga kiritib qoʻyish masalasini 4 000 AQSH dollari evaziga hal qilib berishga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.