Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, raketa dushanba kuni soat 07.20 da mikrogravitatsiyadagi ilmiy tadqiqotlar uchun uchirilgan, deyiladi ria.ru saytida.

“Raketa trayektoriya bo'ylab taxmin qilinganidan bir oz uzoqroq va g'arbga qarab uchdi va parvozni tugatgandan so'ng Norvegiyaning 15 kilometr ichkarisiga kelib qo'ndi”, — deyiladi SSC bayonotida.

Ta'kidlanishicha, raketa 250 kilometr balandlikka ko'tarilgan, u yerda tajribalar tortishish kuchidan xoli holatda o'tkazilgan. Raketa va uning foydali yuki rejalashtirilgan qo'nish joyidan taxminan 40 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan tog' tizmasiga kelib qo'ndi.

“Hozirda foydali yukni chiqarib olish bo'yicha ishlar olib borilmoqda, kutilmagan parvozga olib kelgan texnik tafsilotlarga aniqlik kiritish bo'yicha surishtiruv boshlandi”, — deya qo'shimcha qildi Shvetsiya korporatsiyasi.