Shvetsiyalik olimlar olis fazo uchun optik aloqa vositasini ishlab chiqdi

    Fan 2 Noyabr 2024 414

    Tadqiqotchilar uzoq masofalarga aniq maʼlumotlarni uzatishni taʼminlaydigan shovqinzsiz signal kuchaytirgich va oʻta sezgir qabul qiluvchi moslamani yaratishdi.

    Yorugʻlik masofa oʻtgani sayin tarqalish xususiyatiga ega. Bu hodisani chiroqning kengayuvchi nuriga qiyoslash mumkin. Professor Piter Andrekson jamoasi esa shu muammoni yechish uchun qabul qiluvchi moslamaning sezgirligini oshiradigan kuchaytirgichni ishlab chiqdi.

    Natijada kuchaytirgich yorugʻlikning «erishi« ni oldini olgan holda, signalni sirtdan aks ettirganday saqlashga imkon beradi. Bu yutuq sayyoralararo aloqalarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ochishi mumkin.