Shvetsiyaning favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 20 Sentabr 2021 513

    2021-yil 20-sentyabrda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi I. Tersman bilan uchrashdi.

    Oʻzbekiston va Shvetsiya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini orttirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

    Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xorijiy davlatlar bilan hamkorlik boʻyicha olib borayotgan siyosati, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish boʻyicha saʼy harakatlarini yuqori baholadi.

    Uchrashuvda tomonlar manfaatdor boʻlgan koʻplab sohalarda oʻzaro foydali hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.