Uchrashuv davlat boshqaruvi va nomarkazlashtirish sohasidagi ustuvor masalalar, har ikki tomonlama hamkorlik yo'nalishlarni muhokama qilish, vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir avvalida vazirlikning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash sohasida olib borilayotgan ishlar haqida mehmonga batafsil ma'lumot berildi.
O'z navbatida E.Shleppi xonim tashrifdan maqsad, respublika vazirlik va idoralarida uchrashuvlar davomida davlat boshqaruvi tizimi bilan tanishib, uni maqbullashtirish, nomarkazlashtirish bo'yicha Shveytsariyaning ijobiy tajribasini o'rgangan holda, yangi loyihalarni ishlab chiqishda yordamlashish ekanligini hamda vazirlik taklif etayotgan yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yishni ko'rib chiqilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati.