Shveytsariya Milliy banki raisi bilan uchrashuv

    Moliya 20 May 2023 2196

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Shveytsariya Milliy banki raisi Tomas Yordan boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, joriy makroiqtisodiy holat, pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlar, narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, institutsional rivojlanish va salohiyatni oshirish borasida ko‘rilayotgan choralar yuzasidan artoflicha ma’lumot berildi.

    Shveytsariya Milliy banki tomonidan iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va natijalarga yuqori baho berilib, O‘zbekiston Markaziy banki bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.

    Xususan, institutsional va kadrlar salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar doirasida Markaziy bankda umumiy muvozanat modellarini (DSGE) joriy etish va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlashga qaratilgan instrumentlarni rivojlantirish yo‘nalishidagi texnik ko‘mak dasturlarini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Shu bilan birga, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan holatlar, global moliyaviy sharoitlarning o‘zgarishi va ular bo‘yicha kutilmalar, tashqi iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan xatarlar va ularning ta'sirlarini yumshatish bo‘yicha choralar muhokama qilindi, deb xabar beradi Makaziy bank matbuot xizmati.