Xitoy rahbari Si Szinpin Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida Amerika prezidenti Jo Baydenga ularning mohiyati haqida gapirib berdi.
“Tayvan masalasi, demokratiya va inson huquqlari, Xitoy tizimi va uning rivojlanish huquqi to'rtta qizil chiziqdir, ular ustida bahslashilmaydi yoki kesib o'tib bo'lmaydi”, deya Xitoy rahbarining so'zlaridan iqtibos keltirdi Sinxua davlat agentligi.
Shuningdek, Si Szinpin Bayden bilan muzokaralar chog'ida yagona Xitoy tamoyili va uchta qo'shma xitoy-amerika kommyunikesi ikki davlat munosabatlarining siyosiy asosi ekanligini aytdi, deb xabar beradi rg.ru.
Xitoy rahbarining so'zlariga ko'ra, Xitoy va AQSh kabi ikki yirik davlat o'rtasida qarama-qarshilik va kelishmovchiliklar yuzaga kelishi muqarrar, biroq tomonlar bir-birining asosiy manfaatlariga putur yetkazmasligi, nizo yoki qarama-qarshilikka intilmasligi kerak.