Ta’kidlash kerakki, pandemiya tufayli aviakompaniya reyslari vaqtincha to‘xtab qolgan edi. 2023-yilning 10-fevralida esa pandemiyadan keyingi birinchi parvoz amalga oshiriladi.
Qayd etish joizki, muntazam parvozlar “Airbus A320” samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, "Zhejang Loong Airlines Co.Ltd" aviakompaniyasining Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysi 2019-yilning 27-sentyabrida amalga oshirilgan. O‘shanda 173 kishiga mo‘ljallangan “Airbus A320neo” samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Qolaversa, aynan "Zhejang Loong Airlines Co.Ltd"aviakompaniyasi hamkorligida Xitoyning Sian, Xanchjou kabi shaharlarida O‘zbekistonning turistik salohiyati targ‘ib qilindi.
Shuningdek, 2020-yilning 10-yanvar kuni aviakompaniya tomonidan Chendu — Toshkent — Chendu birinchi charter reysi yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot o‘rnida "Zhejang Loong Airlines Co.Ltd" aviakompaniyasi 2012-yilda tashkil topgan.